Jahon | 22:38 / 02.03.2019
5360
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyaning sobiq prezidenti turmadan vaqtincha chiqarildi 

Foto: EPA/UPG

Hozirda korrupsiya ayblovi bilan qamoqda jazo o‘tayotgan, Braziliyaning sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaga nabirasinig vafoti tufayli qamoqni vaqtincha tark etishiga ruxsat berildi. 

Siyosatchining olti nabirasidan biri, 7 yoshli Atur Araujo Lula da Silva 1 mart kuni kasallik oqibatida vafot etgan. Sobiq prezident nabirasining dafn marosimida ishtirok etishni so‘ragan va uning iltimosi qondirilgan.

Ma'lum qilinishicha, sobiq prezident San-Paulu shtatidagi qabristonga qo‘riqchilar hamrohligida kelgan.

Bir oycha avval mahbusga vafot etgan ukasi bilan vidolashishga ruxsat berishmagan. O‘shanda sud idoralari sobiq prezidentga dafndan keyingi oilaviy uchrashuvda ishtirok etishga ruxsat bergan, biroq Lula da Silva turmada qolishga qaror qilgan.

Lula da Silva Braziliyaga 2003 yildan 2011 yilgacha prezidentlik qilgan. U 2016 yilda boshqa bir korrupsiya va pul yuvish ishi bo‘yicha 9,5 yillik qamoq jazosiga tortilgan

2018 yil yanvarda oliy sud uning qamoq jazosini 12 yil 1 oygacha uzaytirgan. Sobiq prezident 2018 yil aprelda Kuritiba shahridagi turmada jazoni o‘tashni boshlagan.

2019 yil fevralda esa uning qamoq muddatiga yana 13 yil qo‘shib berilgan.

Umumiy hisobda Lula Da Silvaga qarshi 7 ta jinoiy ish ochilgan. Siyosatchi ulardan biri bo‘yicha oqlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid