Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rt nafar bosqinchi qo‘lga olindi - IIV
2019 yil 26 fevral kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi to‘rt nafar shaxs yuzlarini to‘sgan holda, Markaz-1 ko‘chasida yashovchi D.M. ismli ayolning uyiga bostirib kirganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu vaqtda uyning hovlisida bo‘lgan D.M.ning kelini ularni ko‘rib, shovqin ko‘tarishi natijasida jinoyatchilar voqea joyidan hech narsa ololmay, qochib ketganlar.
Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida jinoyat sodir etgan shaxslarning barchasi qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025