Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Shavkat Mirziyoyev do‘konlarni aylanib, narxlarni tekshirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi davomida zamonaviy gipermarketlardan biriga kirgan. Bu haqda «O‘zbekiston» telekanali dasturida xabar qilingan.
Muxbirning aytishicha, Shavkat Mirziyoyev savdo shoxobchasidagi mahsulotlarning narxlarini surishtirgan.
«Odamlarning kayfiyati oziq-ovqat mahsulotlari narxiga bog‘liq bo‘ladi», degan prezident.
Davlat rahbari rastalarni mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish zarurligini qayd etgan.
«Bu narxlar pasayishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi», degan Mirziyoyev.
Bundan avvalroq prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyev Namangandagi do‘kon va undagi narxlar bilan tanishayotgani aks etgan lavhalarni e'lon qilgandi. Do‘konga kirish va chiqishda Prezidentni odamlar qarsaklar bilan olqishlab turgani aks etgan. Lavhada Shavkat Mirziyoyevning: «Mana, men kecha magazinga bordim. Nega bordim? Men o‘zim haqiqatni bilishim kerak», — degan so‘zlari eshittirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni bo‘lib o‘tgan Namangan viloyati faollar yig‘ilishidagi nutqida Namangandagi do‘konlarni aylangani, do‘konlardagi narxlar yuqoriligi, mahsulotlar orasida chetdan keltirilganlari ko‘p ekanligiga guvoh bo‘lganiga to‘xtalib o‘tgandi.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025