Jahon | 17:08 / 04.03.2019
7369
1 daqiqa o‘qiladi

Tereza Mey Solsberiga keldi

Foto: Toby Melville/AP

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Solsberiga GRU sobiq agenti Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan keldi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

2018 yilning 4 mart kuni Solsberida Sergey va Yuliya Skripalga «Novichok» kimyoviy moddasidan foydalangan holda suiqasd uyushtirildi. Ular mahalliy kasalxonaga olib ketildi, u yerdagi shifokorlar ota-bolaning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. London hujum uchun mas'uliyat Moskvaning zammasida ekanini bildirdi.

Kreml Buyuk Britaniya hukumatining Rossiya GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Solsberida zaharlanishiga aloqador ekani bo‘yicha ayblovlarni rad etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallar qanday qilib tirik qolgani tushuntirib berilgandi.

Mavzuga oid