O‘zbekiston | 19:13 / 04.03.2019
3689
2 daqiqa o‘qiladi

Yelena Isinbayeva O‘zbekistonda o‘tgan sport festivali g‘oliblarini qutladi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda fevral-mart oylarida xotin-qizlar o‘rtasida sportning stol tennisi, badminton, voleybol, gandbol, basketbol, velosport turlari bo‘yicha “Nafosat - 2019” sport festivalini o‘tkazdi. G‘oliblarni qutlash uchun faxriy mehmon -  rossiyalik mashhur sportchi Yelena Isinbayeva tashrif buyurdi. 

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

Sport fectivali ikki bosqichda o‘tkazildi. 1-bosqich (27 fevral – 1 mart) hududlarda o‘tkazilib, g‘olib deb topilgan ishtirokchilar 2-bosqich – Respublika bosqichi (1-2 mart)da bellashishadi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmatidan Kun.uz'ga xabar berilishicha, 3 mart kuni Toshkent shahrining “O‘zbekiston” sport majmuasida sport festivalining umumjamoa hisobida g‘olib deb topilgan jamoalarning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri 1-o‘rin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2-o‘rin va Qashqadaryo viloyati 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Sport festivali davomida taniqli san'atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Tadbirning faxriy mehmoni sifatida ishtirok etgan ikki karra Olimpiada chempioni, rossiyalik sportchi Yelena Isinbayeva festival ishtirokchilarini bayram va qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabrikladi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid