Jahon | 15:23 / 05.03.2019
11663
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Isroilda THAAD kompleksini joylashtirdi

Foto: US Army Europe

AQSh qurolli kuchlarining Yevropa qo‘mondonligiga kiruvchi Amerika qo‘shinlari Isroilda THAAD (Terminal High Altitude Area Defense) raketalardan mudofaa kompleksini (RMK) joylashtirdi. Bu haqda TsAXAL xabar bermoqda.

Bunday joylashtirishning maqsadi «Isroil harbiy havo kuchlarining havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan imkoniyatlar va salohiyatni bir vaqtda mustahkamlash orqali, butun dunyo bo‘ylab murakkab tizimlarni tezlik bilan joylashtirish qobiliyatiga o‘rgatish».

The Drive nashrining qayd etishicha, Isroilda THAAD’ning joylashtirilishi Eron tomonidan raketa tahdidi ortib borayotgani bilan bog‘liq.

THAAD yer ustida joylashtiriluvchi RMK o‘rta masofaga uchadigan raketalarni atmosferadan yuqorida tutib olishga mo‘ljallangan. Obektlarni aniq nishonga olish kinetik tutib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. THAAD’ning eng asosiy ishlab chiquvchisi - Amerika harbiy-sanoat kompaniyasi. Tizim 2008 yildan buyon seriyali tarzda chiqariladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid