Jahon | 20:55 / 06.03.2019
26771
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyalik Xalk eronlik Xalkni jangga chorladi

Foto: Instagram

Eronlik Xalq laqabini olgan pauerlifter Sajad G‘aribiy braziliyalik Xalk – Romario dos Santos Alvesdan MMA qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazish taklifini oldi. 

Bo‘yi 188 sm bo‘lgan 27 yoshli G‘aribiyning vazni 180 kgni tashkil qiladi. 

Foto: Instagram

“Devqomat” anchadan beri aralash yakkakurashda debyut qilishni istaydi, biroq o‘ziga mos raqib topa olmayapti.

Uning chorlovlariga oxir-oqibat braziliyalik hamkasbi javob qaytargan, u ham vatanida Xalk degan laqab olgan.

Romario sportzalga bormaguncha va sintol inʼeksiyalari yordamida bitsepslari o‘lchamini 25 dyuymga yetkazmaguncha oriq qo‘riqchi bo‘lgan.

Foto: Instagram

Braziliyalik G‘aribiyni jangga chorlagan xabarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan. 

“Men 120 kg vazn to‘playman, sen esa shu vazngacha ozasan. O‘shanda men sening boshingni uzib olaman”, deb yozgan hozirda eronlikdan ikki marta yengil bo‘lgan Alves. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid