Sport | 10:20 / 06.03.2019
17667
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil Madrimov shu haftada tajribali raqibga qarshi jang qiladi

Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov 9 mart kuni AQShda o‘zining professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi.

Madrimov Nyu-Yorkdagi Verona shaharchasida joylashgan Turning Stone Resort & Casino arenasida ringga ko‘tarilib, chempionlik kamarini himoya qiladi.

Ma'lum bo‘lishicha, uning profi ringdagi ikkinchi raqibi venesuelalik Frenk Roxas bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, Frenk shu paytgacha professional boksda 26 marta ringga ko‘tarilib 24 bor zafar quchgan. G‘alabalarining 23tasida raqibini nokautga uchratgan va 2 bor mag‘lub bo‘lgan.

Isroil Madrimov WBA Intercontinental kamari sohibi sanaladi. U 2018 yilning 24 noyabr kuni debyut jangidayoq meksikalik Vladimir Ernandesni (10-3, 6 KO) oltinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratib ushbu kamar sohibi bo‘lgandi.

U ayni damda WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon reytingining to‘qqizinchi pog‘onasida turibdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid