O‘zbekiston | 12:12 / 06.03.2019
81316
3 daqiqa o‘qiladi

Konstitutsiyaga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas'uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 26 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma'qullangan.

Hujjat bilan 1992 yil 8 dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritildi:

79-moddaning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari) 4-bandi quyidagi mazmundagi 4 va 5-bandlar bilan almashtirildi:

«4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;

5) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zoligiga nomzodlarni keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish va ma'qullash kiradi».

93-modda (O‘zbekiston Respublikasining prezidenti) birinchi qismining 11-bandi (O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi) quyidagi tahrirda bayon etildi:

«11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma'qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi».

98-moddaning (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi) o‘n birinchi qismidagi «bosh vazir» degan so‘zlar «bosh vazirning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma'qullaganidan keyin kiritilgan» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Mavzuga oid