Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela Germaniya elchisini persona non grata deb e'lon qildi
Venesuela hukumati Germaniya elchisi Daniel Martin Kriyenerni persona non grata deb e'lon qildi.
Ma'lum qilinishicha, diplomat Venesuelaning ichki ishlariga aralashib kelgani sababli mamlakatni 48 soat ichida tark etishi lozim.
Mamlakat tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, elchi muxolifat bilan bog‘langan bo‘lgan.
Tashqi ishlar vazirligida Karakas Yevropaning barcha davlatlari bilan hurmatga asoslangan munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi yana bir bor ta'kidlab o‘tilgan. Bunda Yevropa davlatlari davlat to‘ntaruvini qo‘llab-quvvatlamasliklari, aksincha vaziyatning tinchlik bilan hal qilinishida yordam ko‘rsatishlari lozim.
Germaniya hukumatining rasmiy vakili o‘rinbosari Ulrike Demmer 25 fevralda Berlin Karakasga qarshi yangi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025