Jahon | 08:01 / 06.03.2019
16661
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela prezidenti samolyoti Kubada qo‘ndi – OAV 

Foto: AFP

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning harakatlanishini ta'minlovchi prezidentlik samolyoti Airbus A-319 5 mart kuni Karakasdagi “Simon Bolivar” aeroportidan parvoz qilib, Kuba poytaxtida qo‘ndi. Bu haqda aviatsiya resurslarining kuzatuv ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.  

Biroq Maduroning Gavanaga tashrif buyurishi haqida hech qanday rasmiy xabar berilmagan.

Maduro Kubaning yangi prezidenti Migel Dias-Kanel hokimiyat tepasiga kelgandan keyin u bilan uchrashgan birinchi prezident bo‘lgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid