Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyatida 3ta OTM filiali ish boshlashi kutilmoqda
Qarshi va Shahrisabz shaharlarida Respublikaning yetakchi oliy ta'lim muassasalari filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2019/2020-o‘quv yilidan:
* Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi;
* Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz;
* Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari talabalarni o‘qitishni boshlaydi.
Avvalroq, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialini tashkil etilishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025