Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real»ning yozgi transferlar uchun rejalari ma'lum qilindi
«Real» rahbariyati yozda xaridlar orqali kuchaytilishi zarur bo‘lgan pozitsiyalar qisqa ro‘yxatini tuzib chiqdi, deb xabar bermoqda Marca.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, klub mutasaddilari yozda jamoaga olib kelmoqchi bo‘layotgan futbolchilar darhol yoki kelgusida quyidagi o‘yinchilarning o‘rnini bosishi kerak: Rafael Varan, Alvaro Odriosola, Marko Asensio, Toni Kroos, Isko va Garet Beyl.
«Real»ning 2019 yil yozi uchun transfer maqsadlari quyidagilar:
1. Markaziy himoyachi
2. Chap qanot himoyachisi
3. Ikki nafar yarimhimoyachi
4. Hujumchi
Ushbu xaridlar amalga oshirilishi bilan birga ba'zi futbolchilar shubhasiz jamoani tark etishadi, ammo klub ularni arzonroq narxga qo‘yib yubormoqchi emas. Shuningdek, «Real» tarkibga yosh o‘yinchilarni jalb etishda davom etmoqchi.
Qo‘shimcha qilinishicha, «qirollik klubi» yuqoridagi pozitsiyalar uchun nomzodlarni tezroq aniqlab olib, yozgi transfer kampaniyasini odatdagidan ertaroq yakunlashni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marselo «Yuventus» bilan bitimini kelishib olgani, Serxio Ramos esa prezident Florentino Peresga klubdan ketishga tayyor ekanini aytgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
02:38 / 03.04.2025