Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Volgograd-Arena” 2018 yilning eng yaxshi stadioni deb topildi
“Volgograd-Arena” stadioni muxlislar ovoz berishi bo‘yicha 2018 yilning eng yaxshi futbol maydoni deb topildi. Bu haqda Stadium Database portali ma'lum qildi. 2-o‘rinni “Samara-Arena”, 3-o‘rinni “Nijniy Novgorod” stadioni egallagan.
“Volgorad-Arena” 2018 yil 3 aprelda foydalanishga topshirilgan. Uning sig‘imi 45568 tomoshabinni tashkil qiladi. Arena 2018 yilgi jahon chempionatining 4 ta uchrashuvini qabul qilgan: Tunis - Angliya (1:2), Nigeriya - Islandiya (2:0), Saudiya Arabistoni - Misr (2:1) va Yaponiya - Polsha (0:1). Bundan tashqari, stadionda Volgogradning “Rotor” klubi uy o‘yinlari o‘tadi.
“Samara-Arena” (44 918 tomoshabin) JCh-2018’ning 6 ta uchrashuvini qabul qilgan, hozirda “Krilya Sovetov” klubi uy maydoni hisoblanadi. “Nijniy Novgorod” (45000) stadionida JCh-2018’ning 6 ta o‘yini bo‘lib o‘tgan, hozirda unda “Nijniy Novgorod” klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazadi.
StadiumDB futbol stadionlariga bag‘ishlangan yetakchi portallardan biri hisoblanadi.
Eng yaxshi stadionlar reytingi 2012 yildan beri tuzib kelinadi. 2014 yildan reyting muxlislar va mutaxassislarning alohida ovoz berishiga bo‘lingan.

Mavzuga oid
10:06 / 04.03.2025
Toshkentdagi maktabda stadion panjaralari qulab tushdi
17:15 / 02.12.2024
«Barchasi hakamning bahsli qaroridan boshlandi». Gvineyadagi o‘yinda o‘nlab fanatlar halok bo‘ldi
22:11 / 07.06.2024
Mirziyoyev stadionlar qurib, futbolning ommaviyligini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi
10:23 / 18.03.2023