Jahon | 22:38 / 11.03.2019
5211
1 daqiqa o‘qiladi

Isroilda smartfondan ko‘zini uzmaydiganlar uchun maxsus o‘tish joylari paydo bo‘ldi

Foto: Global Look Press

Isroilning Tel-Aviv shahri markazida yorug‘lik diodli chiroqlardan tashkil topgan piyodalar  o‘tish joyi paydo bo‘ldi. Bu ko‘chalarda smartfonlariga mukkasidan ketgan holda yuruvchi odamlarni xavfdan saqlash maqsadida kiritilgan.

Yangi o‘tish joyi shunday ishlaydiki, u svetofor bilan bir vaqtda rangini o‘zgartiradi.

“Shu sababli piyoda ketayotganda pastga, smartfon ekraniga qarab ketishga odatlangan odamlar yo‘ldan qachon o‘ta olishlarini biladilar”, deb aytilgan shahar merligida.

Shahar ma'muriyatida ta'kidlanishicha, agar tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, unda bunday o‘tish joylari shaharning qolgan hududlarida ham o‘rnatiladi.

Mavzuga oid