Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moshkichiri & Mastava kafesi: yanada ko‘proq, yanada hamyonbop
Ish faoliyatini boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, ko‘plab mijozlarning ko‘nglidan joy olishga ulgurgan Moshkichiri&Mastava tamaddixonasi ajoyib yangilikni taqdim etadi.

Avvallari, moshkichiri, mastava, osh, norin, shashlik kabi milliy taomlar tayyorlanar edi. Endilikda ko‘p sonli mijozlar talablariga ko‘ra, yuqoridagi menyu qatoriga quyidagi taomlar ham qo‘shildi:
1. Moshxo‘rda
2. Chuchvara
3. Uyg‘urcha lag‘mon
4. Jarkop
5. Shilpildoq
6. No‘xat sho‘rak
7. Xonim
8. Manti
9. Qovurma lag‘mon
Quvonarlisi shundaki, endilikda mijozlarga xilma-xil taomlar hamyonbop narxlarda tortiq etiladi.



Hozirda ovqatlanish maskanlari, restoranlar poytaxtimizda kun sayin ko‘payib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida sog‘lom raqobat muhiti vujudga kelmoqda. Moshkichiri & Mastava esa ham sifat, ham betakror ta'm, shu bilan birga yoqimli narx borasida ham barchani xushnud eta oladi.
Asl taom shinavandalarini milliy taomlardan bahramand bo‘lishga chaqirib qolamiz. Bu yerdagi taomlardan tatib ko‘rgach, Moshkichiri & Mastava kafesining doimiy mijoziga aylanishingizga shubha yo‘q.


Manzil: Shayxontohur tumani, Samarqand darvoza ko‘chasi
Mo‘ljal: ”Uch chinor” to‘yxonasi, Shayxontohur tumani IIB
Murojaat uchun telefon: +998 95 199 10 10 | +998 98 302 34 35
Shahar bo‘yicha yetkazib berish xizmati: +99878 150 72 77 Bringo.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:12 / 01.07.2019
Moshkichiri&Mastava tamaddixonasidan o‘zbegimning sevimli taomi - halim
11:15 / 11.06.2019
Poytaxtimizda Moshkichiri&Mastava tamaddixonasining yangi filiali ochildi
11:32 / 07.01.2019
Kutib oling: Moshkichiri & Mastava’dan yangicha ta'mdagi osh
19:24 / 18.10.2018