O‘zbekiston | 14:40 / 12.03.2019
1531
2 daqiqa o‘qiladi

Avstriya poytaxtida O‘zbekiston madaniyati kunlari ochiladi

Foto: traveller-eu.ru

12 mart kuni Vena shahrida ilk bor O‘zbekiston madaniyati kunlari ochiladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Madaniyat kunlari doirasida BMTning Venadagi bo‘limida Navro‘z bayrami tantanalari nishonlanadi, O‘zbekiston madaniy merosi va uning jahonda tutgan o‘rniga bag‘ishlangan media-prezentatsiya o‘tkaziladi, shuningdek, o‘zbekistonlik san'at ustalari, hunarmandlari ishtirokida chiqishlar tashkil etiladi hamda O‘zbekiston amaliy san'at va an'anaviy hunarmandchilik ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, mazkur tadbirlar O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi tomonidan “KultEuriasia” – Yevrosiyodagi madaniyatlar muloqoti” fondi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Avstriya Respublikasi Yevropa, integratsiya va tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Yoxannes Peterlik bilan uchrashgan va suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Avstriya aloqalari, shuningdek, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid