Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 7 tonnalik sumalak tayyorlanadi, rekord yangilanadi
Navro‘z bayrami munosabati bilan 29-30 mart kunlari Toshkent shahrida 7 tonnalik sumalak tayyorlanib, rekord o‘rnatiladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatidan xabar berilishicha, 29 va 30 mart kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Central Park, ya'ni Markaziy istirohat bog‘ida unutilmas musiqiy va ko‘ngilochar dasturlar, shuningdek, tajribali oshpazlar tomonidan tayyorlanuvchi o‘zbek xalqining sevimli taomlaridan bahramand bo‘lish mumkin.

"O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oshpazlar uyushmasi va Coca-Cola Uzbekistan kompaniyasi barchani Navro‘z ayyomi bilan tabriklaydi va har bir xonadonga farovonlik va osoyishtalik tilab qoladi. Poytaxtimiz aholisi va mehmonlarni olamshumul tadbir - 7 tonnalik rekord darajadagi sumalakani tayyorlashda ishtirok etishga chorlaymiz!", - deyiladi manbada.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025