Jahon | 13:25 / 21.03.2019
55963
2 daqiqa o‘qiladi

Forbes Alisher Usmonovning 2018 yildagi daromadini ma'lum qildi

Foto: Aleksandr Malikov/Forbes

Forbes-Rossiya nashri eng yuqori daromadga ega rossiyalik milliarderlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Milliarderlar reytingidan farqli o‘laroq, bunda faqat aktivlarni sotish yoki dividendlar shaklida olingan real pullar hisobga olinadi. Shaxsiy mulkni sotish bo‘yicha kelishuvlar hisobga olinmagan. Baholanayotgan daromad - bu yalpi daromad yoki gross daromad. Soliqlar stavkasida qarama-qarshiliklar yoki tushunarsizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun soliqlar, kreditlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari va turli komissiyalar hisobga olinmagan.

Alisher Usmonov 1,1 milliard dollar daromad bilan 5-o‘rinni egalladi. Pullar «Metalloinvest» dividendlarini to‘lash va Londonning «Arsenal» futbol klubidagi ulushni sotib yuborish natijasida olingan.

Londonning «Arsenal» klubidagi ulushni sotishi tufayli Alisher Usmonov eng boy biznesmenlar reytingida o‘ninchi o‘rindan beshinchi o‘ringa ko‘tarildi, deya ta'kidlaydi Forbes.

O‘tgan yilda bo‘lgani kabi, daromadlarning sezilarli ulushi «Metalloinvest» dividendlari hisobidan yuzaga keldi.

Birinchi o‘rinni 2,4 milliard dollar daromad bilan Sergey Galitskiy egalladi. U «Magnit» reteylerining 29 foiz aksiyalarini sotib yuborgan.

Sergey Galitskiy
Foto: Yevgeniy Dudin/Forbes

Bundan oldin, Alisher Usmonovning xoldingi yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid