Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston MXDQ: agar Babanov qaytsa, javobgarlikka tortiladi
Agar Jogorku Kengesh sobiq deputati Omurbek Babanov Qirg‘izistonga qaytsa, unda u qonun doirasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kuni kecha Omurbek Babanovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik matni e'lon qilindi. «Tez orada ko‘rishguncha», - deyiladi matn oxirida.
Avvalroq, MXDQ Omurbek Babanov bilan bog‘liq ikkita jinoiy ish bo‘yicha tergov olib borayotgani xabar qilingandi.
Birinchisi - O‘sh shahri Amir-Temur mikrorayonidagi nutqi bo‘yicha Babanov va boshqa shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish.
Ikkinchisi - hokimiyatni zo‘rlik bilan qo‘lga olish va ommaviy tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan jinoiy ish.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025