Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Brexit'ni kechiktirish bo‘yicha ikkita variantni ma'qulladi
Bryusseldagi sammitda Yevroittifoq yetakchilari Brexit'ni ikkita ehtimoliy ssenariy asosida kechiktirish to‘g‘risidagi qarorni bir ovozdan ma'qullashdi.
Birinchi variant Buyuk Britaniyani YeIdan chiqishi muddatlarini 22 mayga qadar uzaytirishni nazarda tutadi, bunda kelishuv jamoatlar palatasi tomonidan mart oyi oxiriga qadar tasdiqlanishi shart. Agarda chiqib ketish to‘g‘risidagi kelishuv Britaniya parlamenti tomonidan tasdiqlanmasa, unda YeI Brexit'ni faqat 12 aprelgacha kechiktirishga rozi bo‘ladi.
Buyuk Britaniya 29 mart kuni Yevroittifoqdan chiqib ketishni yakunlash niyatida edi. Biroq, parlament Tereza Mey tomonidan taklif qilingan, Brexit bo‘yicha kelishuv loyihasini tasdiqlashdan bosh tortdi. Shu bilan birga, Britaniya parlamenti YeIdan kelishuvsiz chiqib ketishni ham rad etdi.
Shundan so‘ng, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 29 martdan 30 iyunga Brexit muddatlarini kechiktirish haqida so‘radi.
Bundan oldin, konservatorlar Mey Brexit evaziga iste'foga chiqishini xohlashayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
09:11 / 23.05.2025
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi
13:45 / 21.05.2025
Isroilga iqtisodiy bosim: Yevroittifoq savdo imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqadi. Britaniya erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi
09:26 / 17.04.2025