Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frankfurt-Mayn shahrida Navro‘z bayrami nishonlandi
O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Frankfurt-Mayn shahrida Navro‘z bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda 400 dan ortiq nemis siyosiy, iqtisodiy, madaniyat, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
“Tadbir davomida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida ijodiy safari tashkil etilgan “Tasanno” musiqiy guruhi chiqishlari xorijlik mehmonlarda O‘zbekiston san'ati va madaniyati haqida iliq taassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbirda o‘zbek xalq hunarmandchiligi namunalari namoyish etildi hamda ishtirokchilarga O‘zbekistonning turizm salohiyatiga oid nemis tilida turli targ‘ibot materiallari tarqatildi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, tadbir davomida Navro‘z taomlari bo‘lgan sumalak, halim, ko‘ksomsa, palov va boshqa taomlar tayyorlanib, tadbir ishtirokchilarga ulashildi.
“Bugun frankfurtliklar ajoyib musiqa va o‘zbekcha raqslarga guvoh bo‘lishmoqda, avvallari hech qachon totib ko‘rmagan somsa yoki palovlarni totib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Albatta, O‘zbekistonga sayohat qilib, tarixiy shaharlarni, o‘zbek xalqining boy urf-odatlari, milliy liboslari-yu ajoyib tabiati bilan yaqindan tanishish niyatidaman”, – deydi Frankfurt-Mayn shahri mahalliy kengashi deputati Albina Natsarenus-Fetter.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyasining tashrifi davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:20 / 27.05.2025