Jahon | 15:00 / 24.03.2019
19950
3 daqiqa o‘qiladi

«No brexit» – Londonda millionlab kishilar namoyishga chiqdi

Rob Pinney / London News Pictures / ZUMA / Scanpix / LETA

Buyuk Britaniya poytaxti Londonda millionlab kishilar norozilik namoyishiga chiqdi. Ular qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga qarshi bo‘lishmoqda.

29 mart kuni Buyuk Britaniya tashkilotdan rasman chiqib ketishi va «Brekzit» amalga oshishi kerak edi. Ammo bosh vazir Tereza Mey Yevropa Ittifoqidan «Brekzit»ni iyunga ko‘chirishni so‘ragan.

Agar oy oxirigacha kelishuv ma'qullanmasa, u holda qirollik Yevropa Ittifoqini 12 aprel kuni, hech qanday o‘tish davrisiz tark etadi.

Hukumatning aniq harakatlar qilmayotgani fuqarolar noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ular vaziyat qaysi tomonga bo‘lsa ham tezroq hal bo‘lishini talab qilishmoqda.

Britaniyada 2016 yil 26 iyunda qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun referendum o‘tkazilgan va unda saylovchilarning 51,9 foizi YeIdan chiqishni ma'qullab ovoz bergan. Biroq «Brekzit» haligacha amalga oshmadi.

Fuqarolar ayni damda eng to‘g‘ri yo‘l qayta referendum o‘tkazish deb hisoblashmoqda. Ko‘pchilik qayta referendumda aksariyat odamlar qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga qarshi ovoz berishiga ishonmoqda.

Mavzuga oid