Jahon | 10:59 / 25.03.2019
23941
2 daqiqa o‘qiladi

Somon yo‘lida ulkan kosmik «zambarak» topildi

Astronomlar Somon yo‘lida PSR J0002+6216 (Zoomy) pulsarini aniqlashdi (davriy radionurlanishlar tarqatib turuvchi kosmik obekt), u xuddi zambarak yadrosi kabi, soniyasiga 1130 kilometrga teng juda katta tezlikda kosmik makon bo‘ylab harakatlanmoqda. Bunday tezkor harakatlanishning sababi o‘ta yangi yulduz portlashidir, u portlashdan qolgan neytron yulduzni uloqtirib tashlagan. Bu haqda Science Alert nashri xabar bermoqda.

Foto: Jayanne English, University of Manitoba; F. Schinzel et al.

Zoomy Kassiopeya yulduzlar turkumida, Yerdan 6500 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan va CTB 1 deb nomlangan, o‘ta yangi yulduz qoldig‘i markazidan 53 yorug‘lik yilidadir. Olimlar radiochastotali spektrda ko‘rinuvchi dumni aniqlashdi, u yulduzdan tashqi qobiqqa qadar 13 yorug‘lik yiliga cho‘zilgan. Hisob-kitoblarda tasdiqlanishicha, pulsar qoldiq ichida paydo bo‘lgan. O‘ta yangi yulduzning portlashi asimmetrik bo‘lib, neytron yulduzni bo‘lajak tumanlilik markazidan uloqtirib tashlagan.

Portlash taxminan 10 ming yil ilgari sodir bo‘lgan, pulsar esa besh ming yildan keyin o‘ta yangi yulduz pufagining chekkasiga yetib borgan. O‘ta yangi yulduz qoldiqlari dastlab neytron yulduzdan ko‘ra tezroq harakatlangan, ammo yulduzlararo muhit bilan o‘zaro aloqa tufayli ular asta sekinlashib, Zoomy’ga o‘zini ortda qoldirish imkonini bergan. Oxir-oqibat, PSR J0002+6216 Somon yo‘lini tark etadi va galaktikalararo makonda harakatlanishni davom ettiradi.

Bundan oldin, galaktika markazida sirli yirik obektlar topilgandi

Mavzuga oid