Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makgregor MMA’dagi faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qildi
Aralash yakkakurashlar bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor MMA’dagi faoliyatini yakunlashi haqida qaror qabul qildi.
«Salom, yigitlar, tezkor xabar, bugun men MMA deb ataluvchi sportni tark etishga qaror qildim. Barcha sobiq hamkasblarimga musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilayman. Endi men pensiyadagi sobiq hamkorlarim safiga qo‘shilaman», - deya yozgan Makgregor Twitter’da.
MMA’dan tashqari, Konor Magregor boksda ham bitta rasmiy jang o‘tkazdi. Irlandiyalik kichik Floyd Meyvezerga 2017 yilda nokaut bilan mag‘lubiyatga uchradi.
Makgregor jami 25 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 21 tasida g‘alaba qozongan. 2018 yil oktyabrida Makgregor yengil vaznda UFC chempionlik unvoni uchun dog‘istonlik Habib Nurmagomedovga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchragan edi.
Makgregor 2016 yil aprelida ham aralash jang san'atidan ketishini e'lon qilgan edi. Oradan ma'lum vaqt o‘tgach esa u hali faoliyatini yakunlamoqchi emasligini bildirgan edi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
11:15 / 19.01.2024
Qozog‘istonda taniqli MMA jangchisi otib ketildi
16:47 / 08.01.2023