Jamiyat | 16:57 / 26.03.2019
12823
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati jarima maydonlari fotoradar qarzdorlari bilan to‘lmoqda

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

Toshkent viloyatining  M39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” (Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatini bog‘lovchi yo‘l) avtomobil yo‘li, A373 “Toshkent-O‘sh” (Toshkent shahri va Namangan viloyatini bog‘lovchi) avtomobil yo‘li va 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” (Toshkent shahri va Bo‘stonliq  tumanlarini bog‘lovchi) avtomobil yo‘li, 4R2 “Toshkent sh.-To‘ytepa sh.-A373 avtoyo‘li” (Toshkent va Nurafshon shaharlarini bog‘lovchi) avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari onlayn rejimda ishlab kelmoqda.

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot guruhi xabariga ko‘ra, ushbu fotoradarlar ishga tushirilgandan buyon 85 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi. Qoidabuzar haydovchilarning 10 ming nafardan ziyodi 60 kun muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan.

Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘z vaqtida jarimani to‘lamagan haydovchilarga nisbatan muntazam reyd jarayonlari olib borilmoqda. Bunda hozirgi zamon texnologiyalaridan foydalangan xolda, “AUTO CON” uskunasi yordamida 60 kun muddat ichida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan jarimani to‘lamagan qoidabuzar haydovchilarni aniqlab avtomashinasini jarima maydoniga joylashtirilmoqda. 

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

Bunday to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmayotgan transport vositalarining egalari ro‘yxati shakllantirilib, undirish choralari ko‘rilmoqda. 

Misol uchun: 

- “Kobalt” rusumli, Toshkent shahri Yashnobod tumanida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 23 marotaba, ya'ni 8.155.580 so‘m miqdorda;  

- “Lasetti” rusumli, Namangan viloyati Namangan shahrida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 8 marotaba, ya'ni 1,389,980 so‘m miqdorda;  

- “Lasetti” rusumli, Namangan viloyati Uychi tumanida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 12 marotaba, ya'ni 4.870.960 so‘m miqdorda;  

- NEXIA rusumli, Toshkent shahri Yunusobod tumanida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 7 marotaba, ya'ni 2.940.140 so‘m miqdorda;  

- NEXIA rusumli, Toshkent viloyatida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 5 marotaba, ya'ni 958.360 so‘m miqdorda;  

Eslatib o‘tamiz, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasida belgilab berilgan 60 kun muddat  ichida  jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid