Jamiyat | 21:31 / 27.03.2019
68160
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi «aldoqchi» fotoradarlar soni ma'lum bo‘ldi

Foto: IIB YHXB

Bugun, 27 mart kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan brifingda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Ma'lum bo‘lishicha, 115ta chorrahaga o‘rnatilgan kameralar yordamida 2017 yildan shu paytga qadar jami 604 239ta, 2018 yil 7 avgustdan buyon 6ta statsionar va 4ta mobil fotoradarlar tomonidan 213 220ta qoidabuzarlik qayd etilib, huquqbuzarlar aniqlangan.

Eng qizig‘i, poytaxt bo‘ylab 38ta statsionar va 5ta «aldoqchi» fotoradarlar, ya'ni «mulyaj»lar ham «ishlatilayotgani» xabar qilindi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Azizxon Umarxonovning ma'lum qilishicha, bu vositalarning hammasini qo‘llashdan yagona maqsad – yo‘l harakati xavfsizligini oshirish ko‘zlangan.

2019 yilning 29 mart holatiga ko‘ra, poytaxtdagi YTHlar soni 190tani tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36,2 foizga kamayishiga erishilgan. Shuningdek, shu paytga qadar hodisalar sababli vafot etganlar soni 15 kishini tashkil qilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning dastlabki uch oyida bu ko‘rsatkich 35 kishiga yetgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid