Jahon | 08:40 / 28.03.2019
7313
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp MRB sobiq rahbarini «telba» deb atadi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, MRB sobiq direktori Jon Brennan «ruhiy kasal» inson hisoblanadi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

«Mening o‘ylashimcha, Brennan kasal odam, rosti», - degan Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Brennanning u go‘yoki davlatga xiyonat qilgani haqidagi bayonotlari «dahshatli».

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, MRB sobiq rahbari bilan «qandaydir muammo bor».

Bundan oldin, Tramp saylovoldi shtabining Rossiya bilan til biriktirgani haqidagi ayblovlar tasdiqlanmagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid