Jahon | 20:19 / 30.03.2019
68324
1 daqiqa o‘qiladi

Toliblar general Do‘stumning kortejiga hujum qilishdi

"Tolibon" harakati jangarilari Afg‘onistonning birinchi vitse-prezidenti Abdul-Rashid Do‘stumning kortejiga hujum qilishdi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi

Hujum oqibatida Do‘stumning bir nafar tansoqchisi halok bo‘ldi, ikki nafari jarohatlandi. 

Telekanalning bildirishicha, hujum Do‘stumning korteji Balx viloyatidan Juzjonga yo‘l olgan paytda sodir etilgan. Birinchi vitse-prezidentning o‘zi jarohatlanmagani xabar qilinmoqda.

Avvalroq toliblar Afg‘oniston shimoli-sharqiy qismidagi okrugni egallab olishgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid