Sport | 01:56 / 01.04.2019
8479
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. Benzema 89-daqiqada gol urib, "Real"ga g‘alaba keltirdi

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionati 29-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar nihoyasiga yetdi. 

"Real Madrid" o‘z maydonida "Ueska"ni qabul qilib, qiyin g‘alabaga erishdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

Mehmonlar safida Ernandes hamda Echeyta 1tadan gol urgan bo‘lsa, maydon egalari safida Isko, Sebalos hamda Benzema o‘z nomiga 1tadan gol yozdirib qo‘yishdi. 

Real Madrid – Ueska 3:2
Gollar: 0:1 – 3 Ernandes, 1:1 – 25 Isko, 2:1 – 62 Sebalos, 2:2 – 74 Echeyta, 3:2 – 89 Benzema.
Real Madrid – Zidan, Odriosola, Ramos, Marselo, Nacho, Lorente (Dias, 79), Isko (Valverde, 75), Braim Dias (Vaskes, 64), Sebalos, Beyl, Benzema.
Ueska – Santamariya, Pulido, Mantovani, Echeyta, Galan, Gomes, Errera, Musto, Rivera (Anor, 78), Avila (Galego, 63), Ernandes (Aleks Galyar, 82).
Ogohlantirishlar: Pulido (48), Musto (51), Nacho (66), Mantovani (90).

Levante – Eybar 2:2
Gollar: 1:0 – 5 Morales, 1:1 – 19 Eskalante, 2:1 – 26 Rochina, 2:2 – 78 Enrik. 

Rayo Valekano – Betis 1:1
Gollar: 1:0 – 34 de Tomas, 1:1 – 81 Telo. 

Sevilya – Valensiya 0:1
Gol: 0:1 – 45, penalti Parexo. 

Valyadolid – Real Sosedad 1:1
Gollar: 1:0 – 9 Keko, 1:1 – 79 Oyarsabal. 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid