Jamiyat | 16:07 / 01.04.2019
7961
1 daqiqa o‘qiladi
Surxondaryoda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
25 mart kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani Galaguzar mahallasida yashagan B.N.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in qisqa muddatda o‘chirilgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi B.N.ning jasadi topilgan. Yong‘in B.N. uyida mast holda sigaret chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.