Jahon | 20:37 / 01.04.2019
7864
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi o‘rmon yong‘inida 30 o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi

Xitoyning janubi-g‘arbida joylashgan Sichuan viloyatidagi o‘rmon yong‘inida 30 o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Xitoy o‘t o‘chirish boshqarmasi xabarida aytilgan.

Barcha halok bo‘lganlar 30 mart kuni Yalunszyan aholi punkti yaqinida yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishda ishtirok etgan. Halok bo‘lgan o‘t o‘chiruvchilardan 3 nafari mahalliy o‘t o‘chirish bo‘limi xodimlari, qolgan 27 nafari o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha ixtisoslashgan guruh a'zolari bo‘lgan. 

Avvalroq 3800 metr balandlikdagi yong‘inni o‘chirish vaqtida 30 kishi bedarak yo‘qolgani ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, ular kuchli shamol sababli olov tezlashib ketgani va yo‘nalishini o‘zgartirgandan keyin olov iskanjasida qolishgan. O‘t o‘chiruvchilarning taqdiri haqida ayni vaqtgacha hech narsa ma'lum bo‘lmagan. O‘t o‘chiruvchilarni qidirish bo‘yicha ikki kunlik operatsiyadan keyin ularning barchasi halok bo‘lgan deb tan olingan.

Yong‘inga qarshi kurashga 690 kishi yo‘naltirilgan. Olov bilan kurash davom etmoqda. 

Mavzuga oid