Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi Boeing 737 halokatining yangi tafsilotlari oshkor etildi
Indoneziyada halokatga uchragan, Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 MAX samolyoti hujum burchagi nosoz datchigi aviahalokatdan oldin AQShdagi samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazida ta'mirlangan. Bu haqda Bloomberg xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, bundan tergov materiallari dalolat bermoqda. Ustaxona Florida shtatida joylashgan, deya aniqlik kiritiladi materialda.
Endi tergovchilar fojia tafsilotlarini aniqlash uchun texnik xizmat ko‘rsatish markazining ishini tekshirishlari kerak.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, parvoz vaqtida hujum burchagi datchigi noto‘g‘ri signallar bergan, bu esa 189 kishi qurbon bo‘lgan aviahalokatga olib kelgan.
Bundan oldin, Boeing milliardlab dollarlik shartnomadan mahrum bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025