Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Zelenskiy Poroshenkoni stadionda debatlar o‘tkazishga chaqirdi
Ukraina prezidenti saylovlarining 1-turida eng ko‘p ovoz to‘plagan Vladimir Zelenskiy 2-tur oldidan amaldagi prezident Petro Poroshenko bilan debatlarda ishtirok etishga tayyorligini aytdi.
«Men debatlarga boraman. Petro Poroshenkoga murojaat qilmoqchiman, siz meni debatlarga chaqirmoqdasiz, men qochib ketishim, yashirinib olishimni orzu qilyapsiz. Yo‘q. Men – bu 2014 yildagi sizmasman. Men chaqiriqni qabul qilaman», deb aytilgan Zelenskiyning videomurojaatida.
Biroq Zelenskiy debatlarda ishtirok etish uchun bir qator shartlar qo‘ygan. U Poroshenkoga «bellashuv»ni mamlakatdagi eng katta sport arenasi – Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida o‘tkazishni taklif qilgan.
«Debatlar Ukraina xalqi oldida o‘tadi, barcha kanallar debatlarni jonli tarzda uzatish, barcha jurnalistlar debatlarda bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi, nomzodlar tibbiy eskpertizadan o‘tib, xalqqa oralarida piyonistalar, giyohvandlar yo‘qligini isbotlashi lozim. Mamlakatga sog‘lom prezident zarur», deya o‘z shartlarini bildirgan Zelenskiy.
«Sizga 24 soat vaqt beraman, o‘ylab ko‘r...ing»,- deb o‘z so‘zlarini intiholagan u.
Facebook’da «Zelenskiy jamoasi» sahifasida orqaga sanovchi taymer ham ishga tushirilgan.
Avvalroq Poroshenko 2-tur oldidan debatlarni «muhim element» deb atagandi. «Kim bo‘yin tovlasa, aytishga hech qanday gapi yo‘qligini biladi», deb aytgan Poroshenko.
Ukraina prezidentligi saylovlarining birinchi turida Vladimir Zelenskiy 30 foizdan ortiqroq ovoz to‘plab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Amaldagi prezident Petro Poroshenko 16 foiz atrofidagi ovoz bilan egalladi. Ikki nomzod endi 21 aprel kuni o‘tkaziladigan ikkinchi turda o‘zaro kurash olib boradi.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025