Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«As-Sadd» «Paxtakor» bilan o‘yinlar oldidan Qatar chempionligiga erishdi
«As-Sadd» klubi Qatar yulduzlar ligasida so‘nggi tur oldidan chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Payshanba kuni Dohadagi «Jassim bin Hamad» stadionida poytaxt derbisi bo‘lib o‘tdi, unda «As-Sadd» «Al-Ahli»ni 7:2 hisobida mag‘lub etdi. Shu kuni 2-o‘rindagi «Al-Duhayl» so‘nggi pog‘onadagi «Al-Harayrat»ga yutqazib qo‘ydi – 0:1.
Natijada 21-turdan keyin peshqadam va ta'qibchi o‘rtasidagi farq 7 ochkoga yetdi va «As-Sadd» chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi, o‘tgan mavsum chempioni «Al-Duhayl» esa 2-o‘rin egasiga aylandi. Bronza medali uchun «As-Sayliya», «Ar-Rayyan» va «Al-Ahli» klublari kurashmoqda.

Qayd etish kerak, «As-Sadd» Qatarning eng ko‘p karra chempioni sanaladi. Klub 14-marotaba mamlakat chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritmoqda. Jamoa oxirgi marta 2012/13, undan oldin 2006/07 mavsumida chempion bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, tarkibida ispaniyalik yarimhimoyachi Xavi ham to‘p suruvchi «As-Sadd» Osiyo Chempionlar ligasida Toshkentning «Paxtakor» klubi bilan bir guruhdan joy olgan. «D» kvarteti vakillari 9 va 22 aprel kunlari 3- va 4-turlarda dastlab Toshkentda, so‘ng Dohada to‘qnash kelishadi.
2-turdan keyin «Paxtakor» 4 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda. «As-Sadd» va Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klublari 3 ochkodan jamg‘arishgan, Eronning «Persepolis» jamoasi hozircha faqat 1 ochko to‘plagan.
Izoh: «As-Sadd» klubiga 1969 yilda – bundan 50 yil oldin asos solingan.
Mavzuga oid
16:19 / 05.11.2021
«As Sadd» Xavi «Barselona»ga ketayotganini tasdiqladi
17:38 / 28.05.2019
Xavi «As-Sadd» bosh murabbiyi etib tayinlandi
11:30 / 17.05.2019
«As-Sadd» Xavining so‘nggi rasmiy o‘yini – Qatar kubogi finalida yirik hisobda yutqazdi
22:58 / 22.04.2019