O‘zbekiston | 10:26 / 05.04.2019
13424
2 daqiqa o‘qiladi

Shaharsozlik kodeksiga qurilish uchun berilgan yer uchastkasi bo‘yicha qo‘shimcha kiritildi

Foto: iStock

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan 353–II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi 53-moddasining (Aholi punktlarida yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Yuridik va jismoniy shaxslarga qurilish uchun yer uchastkalari berilganda (realizatsiya qilinganda) tumanlarning, shaharlarning hokimlari qurilish mo‘ljallangan joyga tutash bo‘lgan umumiy foydalanishdagi hududni obodonlashtirish, shuningdek obektlarning qurilish muddatlariga rioya etish talablarini belgilaydi. Obektning qurilishi loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, ushbu muddat loyiha-smeta hujjatlarida mavjud bo‘lmaganda esa, qurilish boshlangan sanadan e'tiboran ikki yil ichida tugallanmasa, obektning qurilishi (bundan yakka tartibdagi uylarni qurish uchun berilgan yer uchastkalari mustasno) tugallanmagan deb hisoblanadi”.

Ushbu qismning oldingi tahriri quyidagicha edi:

“Yuridik va jismoniy shaxslarga qurish uchun yer uchastkalari berilganda (realizatsiya qilinganda) tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan obektlarning qurilish muddatlariga rioya etish hamda qurish mo‘ljallangan joyga tutash umumiy foydalanishdagi hududni obodonlashtirish talablari belgilanadi”.

Mavzuga oid