Sport | 14:53 / 06.04.2019
5476
2 daqiqa o‘qiladi

Isroillik qariya professional futboldagi yosh rekordini yangiladi

Foto: REUTERS

Isroilning «Ironi Yyeguda» klubi darvozaboni Isaak Xayik professional futboldagi eng keksa o‘yinchi sifatida Ginnesning «Rekordlar» kitobiga kiritildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, Tel-Avivning «Ironi Yyeguda» klubi Isroilning quyi ligalaridan biri ishtirokchisi sanaladi. Jamoaning 73 yoshli posboni Isaak Xayik urugvaylik Robert Karmonaning rekordini yangilagan. Karmona bundan to‘rt yil oldin 53 yoshida professional liga o‘yinida qatnashgandi.

Isaak Xayik keyingi hafta 74 yoshga to‘ladi. U ushbu rekord munosabati bilan «Makkabi Ramat Gan» jamoasiga qarshi o‘yin oldidan mukofotlandi. Bahsda «Ironi Yyeguda» 1:5 hisobida yutqazdi.

Foto: REUTERS

Qo‘shimcha qilinishicha, yangi rekordchi Iroqda tug‘ilgan, ammo o‘tgan asr o‘rtalarida oilasi hamda minglab iroqlik yahudiylar bilan Isroilga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tgan. 

Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS

 

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid