Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyadagi ixtilof tomonlari bir-biriga qarshi havo operatsiyalarini boshladi
Liviyaning milliy kelishuv hukumati Liviya milliy armiyasining Tripolining eski aeroportidagi an-Naqilya bazasiga aviazarbalar berdi. Bu haqda harbiy manba xabar bergan.
Manbaning ta'kidlashicha, bu Liviya milliy armiyasining Tripoli tomon bostirib borayotgani bilan bog‘langan.
O‘z navbatida, marshal Xalifa Haftar boshchiligidagi milliy armiya poytaxt Tripoli osmonida javob havo operatsiyasini boshlagan. Operatsiyadan maqsad qurollangan guruhlar pozitsiyalari va ularning Tripolidagi texnikasi to‘plangan yerlarga zarba berishdan iborat. Mahalliy manbalarning tasdiqlashicha, Haftar tomonidan nazorat qilinayotgan Vodiy ar-Robiy aholi punktiga harbiy samolyotlar kelmoqda.
4 aprelda Haftar Tripolini terrorchilardan ozod qilish uchun u yerga hujum boshlashga buyruq bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, milliy armiya Tripolining janubi-g‘arbidagi bir nechta hududlarni jangsiz egallashga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV
09:57 / 13.05.2025
Tripolida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
21:22 / 07.05.2025
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
09:05 / 31.01.2025