Iqtisodiyot | 11:25 / 08.04.2019
51360
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

Foto: AP Photo / Emrah Gurel

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 9 apreldan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 31,75 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8451,37 so‘mni tashkil etgan.

1 yevro kursi 33,08 so‘mga qimmatlashib, 9477,37 so‘mga teng bo‘ldi.

1 rubl 1,23 so‘mga ko‘tarilib, 129,37 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid