Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi do‘konda yirik o‘g‘irlik sodir bo‘ldi
2019 yil 24 yanvar kuni noma'lum shaxs Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida joylashgan, fuqaro J.N.ga tegishli tamaki mahsulotlari savdo do‘koniga eshik qulfini buzish yo‘li bilan kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs u yerdan 5 316 600 so‘m puli, umumiy qiymati 42 524 400 so‘mlik mahsulotlarini va do‘konga o‘rnatilgan video kuzatuv moslamasi xotirasini o‘g‘irlab ketgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Chirchiq ko‘chasida yashovchi T.I. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025