Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi o‘g‘rilik uchun qarindoshlar guruhi qo‘lga olindi - IIV
2019 yil 5 aprel kuni noma'lum shaxs Samarqand tumani Dashtiso‘xta mahallasida yashovchi S.I. ismli ayolning uyiga darvoza orqali kirib, xonasidan umumiy qiymati 2 800 000 so‘mlik zanjirini o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahar Haqiqat ko‘chasida yashovchi O.A. ismli ayol, uning singlisi S.A., ularning Haqiqat ko‘chasida yashovchi qarindoshlari U.Y. (ayol) va Namangan shahar Guliston ko‘chasida yashovchi O‘.A. (ayol) sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025