Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada yo‘qolib qolgan F-35 qiruvchi samolyoti bo‘laklari topildi
Yaponiya mudofaa kuchlari 9 aprelda Tinch okeani ustida yo‘qolib qolgan F-35A qiruvchi samolyotining ehtimoliy bo‘laklarini topganini ma'lum qildi.
9 aprelda Tinch okeanida mashg‘ulot parvozi vaqtida F-35A yo‘qolgani, uning bortida bir uchuvchi bo‘lgani ma'lum qilingan.
“Kiodo” axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Misava harbiy bazasiga qarashli samolyot Aomori prefekturasi yaqinida mashg‘ulot parvozini bajarayotgan bo‘lgan.
NHK telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, F-35 turidagi samolyotlar Yaponiyaga 2018 yilda yetkazilgan. Misava bazasida hammasi bo‘lib shunday samolyotdan 13 ta bor bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025