Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistondagi muammolarda “mafiya”ni aybladi
Qirg‘izistonda mavjud mafiya klani o‘g‘rilik, korrupsiya va yolg‘on qo‘llagan holda mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazmoqda. Bunday fikrni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov parlamentdagi nutqida aytib o‘tdi.
Jeenbekovning ta'kidlashicha, jinoiy klan vakillari turli yo‘llardan foydalangan holda o‘zlarini oqlashga urinadilar, bu esa katta miqdordagi davlat qarziga olib kelgan.
“Korrupsiyalashgan shaxslar sabotaji va ba'zi siyosiy kuchlarning qarshiligi holatlari uchramoqda. Uyushgan mafiya jinoiy klani a'zolarining korrupsiyaviy qilmishlari mamlakatimizga katta ziyon yetkazdi”, deb aytgan Qirg‘iziston rahbari.
Jeenbekov gap nima haqida borayotganiga aniqlik kiritmagan. Biroq hukumatga bosim o‘tkazish maqsadida ko‘chalarga odamlarni olib chiqayotganlar xato qilayotganlarini ta'kidlab o‘tgan.
Jeenbekov shuningdek, Qirg‘iziston “ko‘cha tushunchalari” bo‘yicha emas, balki qonun bo‘yicha yashashiga va'da bergan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025