Fan-texnika | 09:06 / 12.04.2019
9594
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Falcon Heavy raketasining ilk tijoriy parvozi amalga oshirildi

Foto: REUTERS/Joe Skipper

Falcon Heavy raketasi Saudiya Arabistoni uchun Arabsat 6A sun'iy yo‘ldoshi bilan ilk tijoriy reysiga jo‘nadi. 

Raketa 12 aprel Toshkent vaqti bilan soat 03:35da Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchirilgan. Parvoz startidan 7 daqiqa keyin raketa birinchi pog‘onasining ikkita yon bloki start joyi yaqinidagi maydonchaga muvaffaqiyatli qo‘ngan.  

Yana 2 daqiqadan keyin Atlantikadagi barjaga markaziy blok qo‘ngan. “Biz birinchi pog‘onaning barcha uch blokini ilk bor qo‘ndira oldik”, deb aytishgan kompaniya vakillari.

Startdan 9 daqiqa keyin raketa belgilangan orbitaga erishgan.

Arabsat 6A sun'iy yo‘ldoshi Yaqin Sharq, Afrika va Yevropa hududlarida televizion va telefon signallari uzatish hamda internet uchun mo‘ljallangan. 

Falcon Heavy raketasi uchun bu parvoz uning 2-parvozi bo‘ldi. Uning ilk parvozi 2018 yil fevralida bo‘lib o‘tgan. Ushbu raketa dunyoda mavjud barcha raketalardan eng kuchlisi hisoblanadi. 

Mavzuga oid