Jahon | 09:34 / 14.04.2019
18512
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qimmat surat qalbaki bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

Ikki yil avval 450 mln dollarga sotilgan, mashhur rassom Leonardo da Vinchining “Dunyo haloskori” surati qalbaki bo‘lishi mumkin. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.  

Agar bu rost bo‘lsa, unda suratning haqiqiy narxi bor-yo‘g‘i 1200 dollarni tashkil qiladi.

Bu haqda san'atshunos Ben Lyuis ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, Londondagi milliy galereya surat savdosi ishtirokchilaridan mutaxassislar guruhining surat nusxa bo‘lishi mumkinligi haqidagi xulosasini yashirgan. Suratni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon xarid qilgan.  

Lyuis baholovchilarning surat bo‘yicha fikrlari turlicha bo‘lganini tasdiqlagan.

Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari Badiiy san'at muzeyi xodimlari suratni topa olishmayotgani ma'lum qilingandi. Ta'kidlanishicha, surat Luvrning Abu-Dabi filialidan izsiz yo‘qolgan. 

Mavzuga oid