Jamiyat | 20:07 / 15.04.2019
4389
2 daqiqa o‘qiladi

Hududiy bosma nashrlar kelajagi qanday?

O‘zbekiston mustaqil bosma axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan “Davlat dasturlarini amalga oshirishda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish: jurnalistlar hamda davlat hokimiyati organlarining manfaatli hamkorligi” loyihasi doirasida turli OAVdan yuz nafardan ortiq vakillar hamda huquqshunos trenerlar ishtirokida anjuman tashkil qilindi. Anjuman bugun, 15 aprel kuni o‘z ishini boshladi.

Anjumanning dastlabki kunidagi seminarda yuridik fanlari doktori Boboqul Toshev tomonidan “Davlat hokimiyati va boshqaruvchi organlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatishda OAV o‘rni va roli” mavzuida, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi Qambariddin Mehmonov tomonidan "Jamoatchilik e'tiboridagi mavzularni yoritishda yuridik maqomga ega shaxslarda axborot olishdagi jurnalistlarning huquq va majburiyatlari” mavzuida ma'ruzalar qilindi.

Ma'ruzalar yakuniga yetib, savol-javoblar chog‘ida har doimgiday bahs-munozaralar qizib ketdi. Ishtirokchilarning aksariyati hududiy nashrlar – tumanlar gazetalari vakillari bo‘lgani uchun o‘z-o‘zidan haqli savol o‘rtaga tashlandi: tuman gazetalari kerakmi-yo‘qmi, ularning kelajagi qanday?

Tabiiyki, hududiy nashrlar bosh muharrirlari o‘z muammolari haqida so‘zlab berdilar, o‘z faoliyatlarining ijtimoiy ahamiyatini yoqlab chiqdilar.

Boboqul Toshev hududiy nashrlar kamida viloyat miqiyosida birlashishlari kerakligi, imkon qadar virtual olamda ham kengroq o‘rin egallashga harakat qilish kerakligini ta'kidladi.

Anjuman doirasida Toshkent shahar hokimligi, Sergeli tuman logistika markazi, “Bosh pochtamt”, Davlat soliq qo‘mitasi kabi tashkilotlarga media tur uyushtirilishi mo‘ljallangan.

Mavzuga oid