Yomg‘irlar Samarqandda yana toshqinlarni keltirib chiqardi (Foto)
Deyarli bir kundan buyon tinmayotgan yomg‘ir Samarqandda yana suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Biroq bu gal oldingi yomg‘irlardagi kabi ko‘p ko‘chalarni suv bosmadi. Ammo shaharning pastliklarda joylashgan qismlari yana suvga to‘ldi.
Shaharda doim yomg‘ir yog‘sa, suv bosadigan yerlar bor. Ulardan asosiy va markaziysi hisoblangan Registon maydonidan shaharning ichki qismiga qarab kelishdagi katta chorraha bu gal yomg‘irdan so‘ng «Venetsiyaga aylanmagan». Biroq xalq orasida «Makaronka» deb ataladigan ko‘cha (markaziy shahar shifoxonasi yonboshidagi ko‘cha) doimgidek suv ostida qolgan.
Sobiq «Nekrasov» ko‘chasi ham pastlikda joylashgani sabab mashinalar qatnoviga xalaqit beradigan tarzda suv ostida qolgan. Kun.uz muxbiri Samarqanddagi toshqinlarni kadrga muhrladi.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024