Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arxeologik tadqiqotlarni rivojlantirish uchun 3,5 mln dollarlik loyiha imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (FA) va Koreya Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi o‘rtasida Ipak yo‘li madaniy merosini tadqiq etish va saqlashga doir Anglashuv memorandumi imzolandi. FA matbuot xizmatida shu haqida xabar berildi.
Hujjat "O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar va madaniy merosni konservatsiya qilish orqali turizmni rivojlantirish uchun xodimlar salohiyatini kuchaytirish" deb nomlangan, loyiha budjeti - 3,5 million dollar.
Loyiha eng avvalo Ipak yo‘li madaniy merosining saqlanishi va tadqiq etilishi bo‘yicha ma'lumot hamda ko‘nikma almashinuvi, arxeologik tadqiqotlar orqali turizmni rivojlantirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi FA Arxeologik tadqiqotlar instituti qoshidagi Arxeologik topilmalarni restavratsiya va konservatsiya qilish laboratoriyasini zamonaviy uskunalar bilan ta'minlashga yo‘naltirilgan.
Mazkur memorandum bo‘yicha amalga oshiriladigan loyiha nafaqat O‘zbekiston ilmiy salohiyatini kuchaytirishga, balki tadqiqot infratuzilmasini yaratish va O‘zbekistonning Markaziy Osiyo qadimiy hududlari, xususan, Koreya Respublikasi bilan madaniy aloqalarini tiklashga ham yo‘l ochadi.
Mavzuga oid
20:08 / 22.05.2025
Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi
10:18 / 15.05.2025
Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi
15:03 / 03.05.2025
Tramp AQSh harbiy budjetini 1 trln dollargacha oshirmoqchi
08:10 / 21.03.2025