O‘zbekiston | 16:19 / 19.04.2019
14909
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti Toshkentdagi Inxa Universitetida bo‘ldi

Foto: Yonhap

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida Toshkent shahridagi Inxa Universitetida bo‘ldi. Oliy ta'lim muassasasidan Kun.uz'ga ma'lum qilinishicha, ularni Universitet rektori v.v.b. Muzaffar Jalolov kutib olgan. 

Mun Chje In Universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda ular oldida nutq so‘zladi. Janubiy Koreya prezidenti o‘z nutqida Toshkentdagi Inxa Universiteti va Janubiy Koreyadagi Inxa Universiteti  bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilayotgan Teletibbiyot qo‘shma loyihasiga batafsil to‘xtalib o‘tdi. 

Koreya Respublikasi prezidenti barchaga bunday iliq qabul uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi va Universitetning keyingi rivojida katta muvaffaqiyatlar tiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarining kengayishiga umid bildirdi. 

Bugunga kelib Toshkentdagi Inxa Universitetida 1321 nafar talaba ta'lim oladi. Universitet bakalavriatning ikki yo‘nalishini taklif qiladi: kompyuter injiniring va logistika. 

Ta'kidlash joizki, 2014 yildan to bugunga qadar OTM talabalari soni 10 baravarga oshgan. 

Mavzuga oid