Jamiyat | 15:06 / 19.04.2019
113507
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston cho‘lida yigitning skeleti topildi - u o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin

Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi chegarada inson skeleti topildi, deb xabar beradi Ural56 sayti.

Foto: ural56.ru

17 aprel kuni Orenburg oblastining Oqbuloq qishlog‘ida mahalliy aholi vakillari erkak kishining jasadi qoldiqlarini topishgan. Uning yonida O‘zbekistonning 22 yoshli fuqarosi Sardor Norboyev nomiga berilgan pasport bo‘lgan.

Bunday ismli yigit qish faslida bedarak yo‘qolgan. 2019 yil 22 fevral kuni «Akto‘be e'lonlari» sahifasida uning rafiqasi Kseniya Norboyeva erini topishda yordam so‘rab e'lon joylashtirgan.

Taxminga ko‘ra, yigit Qozog‘istondan Rossiya Federatsiyasiga chegarani noqonuniy kesib o‘tishga harakat qilgan, biroq, faqat Orenburg oblastining Oqbuloq qishlog‘iga yaqin maydongacha kelgan va ehtimol shu yerda muzlab qolgan bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid